Yaponiyaning Fizik va kimyoviy tadqiqotlar markazi şifokor-olimlari indutsirlangan stvol hujaylaridan (iPS-hujayralar) terining taşqi qatlami va tuk ildizlarini östirişga muvaffaq bölişdi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda. 

"Bizning tadqiqotlar stvol hujayralari yordamida tana a'zolari yoki töqimalarini yetiştiriş mumkinligini körsatadi. Bu fan taraqqiyotidagi katta qadamdir. Loyihamizning yakuniy maqsadi jiddiy kuyiş jarohatlarida köçirib ötkaziş mumkin bölgan inson terisini stvol hujayralaridan yetiştiriş usulini topiş hisoblanadi", deb aytdi loyiha rahbari professor Tsudzi Takasi.

Olimlar tajriba yöli bilan tuk qoplamasiga tuğma ega bölmagan dala siçqoniga maxsus protein bilan aralaştirilgan 30 ta guruh stvol hujayralarini ötkazişga muvaffaq böldilar. Bir oy ötmasdan hujayralar yaşab ketgan. Tajriba siçqonida teri yoği işlab çiqilib, tuk ösa boşlagan. Tez orada siçqon terisining taşqi qatlami töliq tiklangan.

Biroq ta'kidlanişiça, regenerativ tibbiyotning boş muammosi hozirça hal qilinmagan. Köplab zamonaviy tadqiqotçilarning fikriça, yetiştirilgan töqimalarning ötkazilişi yomon sifatli ösimtalarning paydo bölişiga olib kelişi mumkin.