1 aprel kuni Parij şahri markazidagi uylardan birida maişiy gaz bortlaşi tufayli jarohatlanganlar soni 17 nafar ekani ma'lum qilindi. Bundan oldin bu hodisa tufayli 5 kişi jabr körgani aytilgandi.

AFP ma'lumotiga köra, bu hodisa Fransiya poytaxtidagi VI okrugda yuz bergan.

"Portlaş ovozi uzoqlarda eşitildi. Tez orada voqea joyiga bir neçta öt öçiriş maşinalari yetib keldi", deya guvohlik bergan okrugda istiqomat qiluvçilardan biri.

Qayd etilişiça, portlaş ovozi tufayli aholi navbatdagi terakt ehtimolidan sarosimaga tuşgani kuzatilgan. Öt öçiruvçilar gap maişiy gaz portlaşi haqida ketayotgani haqida ma'lum qilişgaç, vahima töxtagan.