Tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi prezidenti matbuot kotibi David Babayanning fikriça, mintaqada vaziyatning tanglaşuviga Turkiya aloqador bölişi mumkin. Bu haqda 2 aprel kuni Panorama.am agentligi xabar qildi.
«Biz har doim, Ozarbayjonning bunday siyosati, faqatgina Bokuning taşabbusi böla olmasligini ta'kidlab kelganmiz. Aytiş mumkinki, uni ma'lum bir kuçlar, xususan, Turkiya qöllab-quvvatlayotgan bölişi ehtimol», — degan Babayan.
Uning sözlariga köra, mintaqadagi ziddiyatning keskinlaşuvi 1994 yildan beri kuzatilmagan edi.
«Ozarbayjon harbiy kuçlari, oğir qurollardan foydalangan, hatto çegaraning ayrim hududlarini buzib ötişga ham urinişgan, ammo keskin javob çoralaridan keyin, yirik qurbonlar berib, öz joylariga qaytişgan», — deb ma'lum qilgan matbuot kotibi.
OAV mintaqada ziddiyatning keskinlaşgani xaqida 2 aprel kuni ertalab xabar qila boşladi. Ozarbayjon va Armaniston bir-biriga zid xabarlarni bermoqda. Ikkala tomon ham, qarşi tomonning yirik yöqotişlari haqida söz yuritmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz navbatida tomonlarni zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirgan.
Toğli Qoraboğ asosan etnik armanlar istiqomat qiladigan, 1991 yili Ozarbayjondan mustaqilligini e'lon qilgan, tan olinmagan respublikadir. Rasmiy Bokuning mintaqa nazoratini harbiy yöl bilan qölga kiritişga muvaffaqiyatsiz urinişidan söng, 1994 yili, Ozarbayjon, Armaniston va Toğli-Qoraboğ respublikasi Rossiya vositaçiligida Bişkek sulhini imzolaşgan edi.






