Ozarbayjon tomoni Qoraboğ toğli hududida yuzaga kelgan harbiy harakatlarni bir tomonlama töxtatiş qaroriga keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Vagif Dyargaxli ma'lum qilgan.
«Tinçlikparvarlik hamda xalqaro taşkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Ozarbayjon hukumati harbiy harakatlarni bir tomonlama töxtatişga qaror qiladi va yaqin vaqt içida hududni tark etadi», — dedi u.
Uning sözlariga köra, “agar Armaniston tomoni harbiy harakatlarni töxtatmay, öz bilganidan qolmasa, unda Ozarbayjonning javobi öta qattiq böladi”.






