Futbol böyiça Xorvatiyaning 3-divizionidagi "Primorats" va "Xrvaçe" klublari örtasidagi uçraşuvda 76 yoşli muxlis hakamga beysbol bitasi bilan hujum qilib qoldi, deb xabar bermoqda Goal.com portali.
Keksa erkak uçraşuv vaqtida bita bilan maydonga yugurib çiqdi va uçraşuv hakami boşiga qöqqisdan zarba berdi. Oqibatda hakam şifoxonaga olib borilgan. Jarohatlar unça jiddiy emasligi, hakamning hayotiga heç narsa xavf solmayotgani ta'kidlab ötildi.
Öyin 2 aprelda bölib ötdi va maydon egalari "Primorats" klubining2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Klub matbuot xizmatida bu voqea xavfsizlik xizmati keksa erkakni jiddiy qabul qilmagani sababli yuz bergani bilan tuşuntirildi.
Bosqinçi qandaydir jazo olişi haqida heç narsa ma'lum qilinmadi.






