Angliya premer-ligasining 32- turidan örin olgan «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari uçraşuvidan (1:1) keyin londonliklar hujumçisi Harri Keyn mersisaydliklar boş murabbiyi Yurgen Klopp bilan urgan goli böyiça gaplaşganini gapirib berdi.
«U menga qarata ikkita söz aytdi: «Qanday gol!». Öylaşimça, men unça çiroyli bölmagan gol kiritgandim. Ammo Yurgen unaqa demadi. Premer-liga töpurarlari röyxatida yetakçi bölib olganimdan xursandman va bu unvonni saqlab qoliş uçun töxtamoqçi emasman», – deya Keyndan iqtibos keltiradi Goal.com.






