Kanada Taşqi işlar vaziri Stefan Dion Toğli Qoraboğdagi vaziyatga e'tibor qaratdi va tomonlarni öt oçiş harakatlarini bas qilişga çaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
"Kanada Toğli Qoraboğda Armaniston va Ozarbayjon örtasida röy berayotgan töqnaşuvlardan taşvişda. Biz ziddiyatning barça tomonlarini özini bosib olişga va zudlik bilan harbiy harakatlarni töxtatib, muammoni YeHXT doirasidagi muhokamalar orqali hal etişga çaqiramiz", deyiladi Kanada TIV bayonotida.
Vazir bu muammo tinç yöl bilan hal etilişiga umid bildirgan.
Bundan oldinroq, Qizil Xoç Toğli Qoraboğ hududiga betaraf vositaçi sifatida kirişga tayyorligi xabar qilingandi.






