Qozoğiston poytaxti Vazirliklar uyining törtinçi yölagida davlat xizmatçilarining smartfonlari bor-yöqligi tekşirilişi oqibatida turnaqator navbat hosil böldi. Bu haqda BNews.kz xabar berdi.

“Bizni Vazirliklar uyiga uyali aloqa vositalari bilan kirgizişmayapti. Şuning uçun şunday uzun navbatlar hosil böldi. Hammamizni, menimça, ikki hafta avval ogohlantirişgan edi. Şunçaki birinçi kuni ba'zilarning yodidan kötarilgan, ba'zilar xizmat safarida bölib, telefonini uyiga taşlab kelolmagan. Men özim smartfonimni olib kelmadim”, - dedi “Statistika Komiteti” boş mutaxassisi Erlan Qoraboyev.

Xodimning sözlariga köra, binoda buyumlarni saqlaş uçun maxsus katakçalar faqat taşrif buyuruvçilarga möljallangan. Vazirliklar uyida faoliyat yurituvçi xodimlarning buyumlari uçun esa bunday yaçeykalar örnatilmagan.

Davlat xizmatçilari faqatgina blyutuz, diktofon, kamera, interneti bölmagan telefon apparatlarinigina işga olib kelişlariga ruxsat berilgan.

"Statistika Komiteti" matbuot kotibi Dinara Alimovaning sözlariga köra, xodimlar bir oy avval ogohlantirilgan.

“Biz 4 apreldan boşlab işga smartfonlar olib kirişni taqiqlovçi qoida asosida iş tutyapmiz. Bu qoidani unutganlar smartfonlarini maşinada qoldirişlariga töğri keladi. Kelgusida xizmatçilar uçun ham yaçeykalar taşkil etiladi”, - ma'lum qildi matbuot kotibi.

Alimovaning sözlariga köra, planşet va noutbuklarni işga olib keliş avval ham taqiqlangan. Iş yuzasidan zarurat tuğilsa, rasmiy murojaatnoma yozilgan.