Turkiyaning eng yirik mudofaa kompaniyasi Otokar yangi Altay tankini işlab çiqarişga tayyorligini ma'lum qildi. Bu tank Turkiyada işlab çiqarilgan bunday turdagi birinçi seriyali harbiy maşina böladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
"Bizga Altay’ni işlab çiqariş vazifasi berildi va biz barça sa'y-harakatlar va tajribamizni vatanimiz şon-şavkati uçun qöllaymiz", deb aytdi Otokar boşqaruv kengaşi raisi Ali Koç. U loyihaga ittifoqdoş davlatlar tomonidan qiziqiş bildirilayotganini va Altay uzoq muddatli istiqbolda yaxşi eksport salohiyatiga ega ekanligiga işonçi komilligini aytdi.
Yangi tank ustida işlar Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan birgalikda 2007 yildan beri olib borilgan. 2011 yilda tankning birinçi namunaviy nusxasi namoyiş qilingan. Yangi tank negizida Janubiy Koreyaning K-2 Black Panther tankida qöllangan texnologiyalar yotadi.
Turkiya umumiy hisobda bunday tanklardan 1000 dona sotib olmoqçi. Bu tanklar 4 bosqiçda 250 tadan işlab çiqarişi közda tutilgan.
Taxminlarça, yangi tankning oğirligi 60 tonnani taşkil qiladi. U 1,5 ming ot kuçiga ega dvigatel, pnevmopodveska va barqarorlaştirilgan 120 mm kalibrli puşka bilan jihozlanadi.






