Ozarbayjon mamlakat hududiy yaxlitligini tiklaş va ozod etiş böyiça Armanistonga öz talablarini bildirdi, deya xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi. 

Bu haqda Ozarbayjon taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Hikmet Gajiyev bayonot bergan.

“Ziddiyatga barham berilişi uçun, BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyasiga köra, Armaniston qurolli kuçlari bosib olgan hududlarini tark etişi, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qayta tiklaşi lozim”, — degan Gajiyev.

Uning sözlariga köra, arman tomoni, Qoraboğdagi aholi turar-joylarini öqqa tutişda davom etmoqda.

Bundan avvalroq, Armaniston rahbari Serj Sargsyan, Ozorbayjonni toğli Qoraboğda harbiy harakatlarni töxtatmayotganlikda ayblagan edi.

Sönggi kunlarda mazkur mintaqada yuz berayotgan qurolli töqnaşuvlar oqibatida, 4 nafar tinç aholi vakili hayot bilan vidolaşgan.