Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida muxlislari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

U maşhurlikka erişiş – öz halovating, xotirjamliging, joningni oromi, yaqinlaring, döstlaringdan, farzand tarbiyasining ba'zi bir qismidan voz keçiş bilan barobar ekanini, şuningdek, san'atkor xalq e'tiborida bölgani sabab öz yuriş-turişiga, xatti-harakatiga, gapirayotgan söziga ma'lum bir çeklov qöyişi kerakligini ta'kidladi.

Aktrisa “Dilnoza Kubayeva töylarni olib boruvçi eng qimmat boşlovçi” degan mulohazadan norozi ekanligini qayd etdi.

U san'atkorlar qança pul topişini barçaga ovoza qilib, ruxsat söramay çop etayotgan insonlardan qattiq ranjiganini ta'kidladi. Aktrisaning qança mablağ olişi bilan qiziqiş – bu uning xuddi çöntagidagi pulini sanaşga teng ekanini aytib ötdi.

Şuningdek, Kubayeva heç bir ijtimoiy tarmoqda şaxsiy sahifasi yöqligini bildirib, uning nomidan profil oçgan insonlarni esa öz umrini behudaga sarflayotgan maynavozçilarga qiyosladi.

Aktrisa özining qimmatli vaqtini internetga sarflaş niyati yöqligi va ijtimoiy tarmoqlarda ham heç qaçon sahifa oçmasligini öz muxlislariga eslatib qöydi.

Öziga bağişlab fan-klub oçgan aşaddiy muxlislarga esa Dilnoza öz taşakkurini izhor etgan.

U sönggi vaqtlarda filmlarda kamnamo bölgani sababini quyidagiça izohladi: “Hozir menda şunday davrki, negadir özimga mos rollar nasib qilmayapti. Ijodiy jamoa yaxşi bölsa, ssenariy böş böladi. Yoki juda yaxşi ssenariy, biroq bu obrazni sen qaçonlardir ijro etgan bölasan”.