Noma'lum xakerlar Turkiyaning deyarli 50 mln aholisi haqidagi şaxsiy ma'lumotlarni internetga oçiq muomalaga qöyişdi. Bu haqda Die Welt gazetasi xabar berdi.

Ma'lumotlarni yuklab oliş uçun havola 4 aprelda Hacker News forumida çop etildi. Xakerlarning aytişiça, Turkiyaning muammosi uning texnik infratuzilmasining zaif himoyalanganligidadir, aynan şu sababli 6,6 Gb lik ma'lumotlar bazasi oçiq muomalaga çiqib ketdi.

Turkiya aholisi 2015 yil boşidagi ma'lumotlarga köra, 77,7 mln kişini taşkil qilgani hisobga olinsa, deyali 60 foizdan köproq turkiyaliklar haqidagi ma'lumotlar oşkor qilingan.

Çop etilgan malumotlar fuqarolarning ism-familiyasi, ota-onasining familiyalari, jinsi, tuğilgan yili va joyi, uy manzili va identifikatsion raqamini öz içiga oladi.

Xakerlarning ta'kidlaşiça, ularning bu harakatlari Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga qaratilgan. Ular Turkiya aholisini "davlatni tanib bölmas darajagaça vayron qilayotgani uçun Erdöğan bilan biror narsa qilişga" çaqirdilar.

"Qoloq mafkura, taniş-bilişçilik va Turkiyada diniy ekstremizmning ösişi texnik infratuzilmani barbod qilişga olib kelişi mumkin deb kim öylabdi deysiz?", deyilmoqda xakerlar murojaatida.

Bu murojaat ostida xakerlar Turkiya prezidentining şaxsiy ma'lumotlarini va butun hajmdagi ma'lumotni yuklab oliş uçun havolani çop etişdi.

Bu ma'lumotlar qanday çiqib ketgani noma'lumligiça qolmoqda. Die Welt taxminiça, ma'lumotlar Turkiya içki işlar vazirligi MERNİS ma'lumotlar bazasidan yoki saylovçilar röyxatidan olingan bölişi mumkin.

Özini Turkiya fuqarosi deb taniştirgan, Hacker News’ning ttn nomli foydalanuvçisining aytişiça, u bazadan özi haqidagi ma'lumotni topa olgan. Biroq bu holat uni ajablantirmadi: Turkiya hukmron partiyasiga yaqin kompaniyalar bir yil avval foydalanuvçilar xavfsizligini ta'minlaş uçun katta pullik davlat buyurtmalarini olişgan, biroq buni yetarliça darajada eplay olişmagan.

Uning aytişiça, istalgan jinoyatçi bazadagi ma'lumotlardan foydalanib, boşqa odam ismiga SIM-karta olişi va undan öz qabihliklarida jazosiz qolgan holda foydalanişi mumkin (misol uçun, bombani masofadan turib portlatişi, firibgarlik maqsadlarida).