Intellektual huquqlar böyiça sud maşhur qurolsoz Mixail Kalaşnikov, uning qizi va nabirasi tomonidan asos solingan "M.T. Kalaşnikov" firmasini "Kalaşnikov" qurolsozlik konsernining da'vo arizasiga köra AK-47 brendiga huquqdan qisman mahrum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Kalaşnikov avtomatining AK-47 yozuviga ega tasviridan iborat tovar belgisini huquqiy himoya qiliş unga egalik qiluvçi tomonidan qöllanmagani sababli öyinçoqlar, harakatlanuvçi qismli öyinçoqlar va öyinlar kabi mahsulotlar uçun tugatildi.
Rospatent ma'lumotiga köra, brend 2004 yilda "M.T. Kalaşnikov" YoAJ nomiga qayd qilingan, 2012 yilda esa uning huquqiy himoyasi 2022 yilgaça uzaytirilgandi. Bu huquq kiyim-keçak, boş kiyimlari, öyinçoqlar, öyin avtomatlari va stol ustida öynaluvçi öyinlarga tegişli bölgan.
2014 yil iyunda konsern Rossiyada uşbu mahsulotlar uçun brendning huquqiy himoyasini muddatdan avval tugatişni talab qilgan.
"M.T. Kalaşnikov" firmasi 1999 yilda yaratilgan, uning ta'sisçilari Kalaşnikovning özi, uning qizi va nabirasi hisoblanadi.






