Xonanda Lola şaxsiy hayoti, kelgusidagi rejalari va yana bir bor turmuş örtoği haqida gapirib ötdi. Bu haqda “Darakçi” naşri yozmoqda.
“Farzandlarim otasi uylanganini eşitib xafa bölişmadi. Hatto töydan bir hafta ötgaç, dam oliş kunlari dadasining uyiga mehmonga borişdi. Bolalarim sobiq turmuş örtoğimning rafiqasiga “opa” deb murojaat etişyapti. Ular ança ulğayib qolişgan hamma narsani özlari tuşunib yetadigan yoşda. Şuning uçun hayotimizdagi bu özgarişlarni ulardan yaşirmadik. Bolalarim ham, öz navbatida, bu voqealarni töğri qabul qilişdi.
Bolalarimning suratini iloji boriça instagramga kam qöyişga harakat qilyapman. Bu onamning xohişlari. Farzandlarim har bir narsada mendan örnak olib kelişyapti. Hatto bugun qizimning kiyinişi, gap-sözi va özini tutişida ham öz aksimni köryapman. Bundan faqat xursandman”.






