Ukrainada Pyotr Poroşenko prezidentligi davridagi korrupsiyaga qarşi kuraş avvalgi prezident Viktor Yanukoviç vaqtidagiga nisbatan katta muvaffaqiyat bilan bormoqda, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Joş Ernest.
"Prezident Poroşenko Ukraina hukumati bilan birga katta miqdorda aksilkorruptsion islohotlarni amalga oşiriş istagini körsatdi. Agar siz Poroşenkodan oldingi prezident böyiça ma'lumotlar bilan tanişsangiz, unda amaldagi hukumat muhim taraqqiyotga erişgani ravşan böladi", deb aytdi Ernest.
Ernest bu haqda ofşor sxemalari haqidagi maqolaning çop etilişi sababli AQŞ rahbariyatining Poroşenkoga nisbatan munosabati özgarganini biliş maqsadida berilgan savolga javoban aytdi.
Avvalroq Ukrainaning aksilkorruptsion byurosi Poroşenkoning ofşor kompaniyalarini tergov qilişdan boş tortgani ma'lum qilingandi.






