Özbekistondagi Britaniya Kengaşi, Özbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamda Britaniyaning Özbekistondagi Elçixonasi tabiatning gözal in'omlariga bağişlangan tanlov e'lon qiladi. Bu haqda elçixona matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlov bir oy davom etib, ğoliblar 22 aprel kuni Xalqaro Yer Kuni munosabati bilan taqdirlanişadi.

Tanlov şartlari:

— Özbekistonning noyob hayvon, ösimligi yoki tabiat manzaralari fotosuratini oling;

— Fotosuratga qisqaça ta'rif bering (ta'rifda noyob hayvon/ösimlik/ tabiat manzarasi nomi va uning öziga xos xususiyatini yozing)

— Foto suratni va unga bölgan ta'rifni Özbekistondagi Britaniya Kengaşining Facebookdagi sahifasiga yoki özingizning instagram sahifangizda #GreenUz heştegi bilan joylang.

Fotosuratlar 2016 yil 19 aprel, soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Natijalar 2016 yil 21 aprel kuni e'lon qilinadi. Hakamlar hay'ati tomonidan eng yaxşi, deb topilgan fotosurat muallifi planşet, 10ta qiziqarli surat egasi esa taşkilotçilar tomonidan turli xil esdalik sovğalari bilan taqdirlanadilar.

Bir iştirokçi faqatgina bitta fotosurat jönatişi mumkin. Surat iştirokçining muallifligi ostida bölişi lozim. Özga mualliflarning suratini işlatgan iştirokçi tanlovdan çetlaştiriladi. Hakamlar hay'ati ijodiy yondaşilgan va qiziqarli suratlarga alohida e'tibor beradi!