Panama boş prokuraturasi jurnalistlarning ofşor tarmoği haqidagi maqolasidan keyin tergov boşlamoqda, deb xabar bermoqda Sky News naşri.

"Mahalliy va xalqaro OAVlarda "Panama hujjatlari" nomi bilan ta'riflangan faktlar jinoiy tergov obekti böladi", deyilmoqda boş prokuratura xabarida.

Avvalroq Fransiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Avstriya, Niderlandiya bu maqola böyiça öz tergovini boşlaşga tayyorligini ma'lum qilgandi. Islandiya aholisi ofşor tufayli mamlakat boş vazirining iste'foga ketişini talab qilib namoyişlarga çiqdi. Öz navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda bunday maqolalarga javob berişga zarurat yöqligini aytdi.

3 aprelda OCCRP dunyo yetakçilari, siyosatçilar, sportçilar va madaniyat arboblarining ofşor bitimlariga aloqadorligi haqida katta kölamdagi tergovni çop etdi. Röyxatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayev, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko, Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron, Islandiya boş vaziri Sigmyundyur Gyunnleygsson hamda aktyor Jyeki Çan, futbolçi Lionel Messi va boşqalarning nomlari tilga olingan.

"Panama hujjatlari" ustida bir yil davomida Jurnalistik suriştiruvlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ), Korrupsiya va uyuşgan jinoyatçilikni tadqiq qiliş markazi (OCCRP) va butun dunyodan 107 ta OAVning bir neça yuz jurnalistlari iş olib bordilar. Jurnalistlarda bu ma'lumotlar Mossack Fonseca yuridik firmasidan ma'lumotlar çiqib ketişi natijasida paydo böldi.

ICIJ direktori uşbu mojaro haqida "bu Rossiya haqida emas, balki ofşor dunyosi haqidagi voqea böldi", deb aytdi.