Harbiy samolyotlar "Al-Qoida"ning Yaman janubiyadagi qarorgohlariga bir neça marta zarba yölladi.
Reyter agentligining mahalliy aholiga asoslanib xabar qilişiça, 2ta samolyot mamlakat sobiq prezidentining Zanjibardagi qarorgohi bölgan binosiga raketalar uçirgan. Ayni vaqtda bu joyda "Arabiston yarimororlidagi Al-Qoida" guruhi joylaşib olgan.
Ayni vaqtda hujum natijasida yöq qilingan jangarilar soni aniq keltirilmagan. Bundan taşqari, şu vaqtda El-Mukalla port şahridagi jangarilarning bazalariga havodan hujum qilingan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu zarbalar Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya tomonidan amalga oşirilgan.
Bundan oldinroq, BAAning Yamanda qulab tuşgan qiruvçi samolyoti "Al-Qoida" tomonidan urib tuşirilgan bölişi mumkinligi töğrisida aytilgandi.






