Yangi Zelandiyaning sobiq boş vaziri Xelen Klark nomzodi BMT boş kotibi lavozimiga qöyildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqdagi rasmiy maktub BMT Boş assambleyasiga jönatildi.
BMTning hozirgi boş kotibi Pan Gi Mun öz lavozimidan 2016 yil oxirida ikkita 5 yillik muddat yakunlangandan keyin ketadi. Klark hozirda BMT huzuridagi rivojlaniş sohasida BMTga a'zo davlatlarga kömak körsatiş taşkilotini (UNDP) boşqarib kelmoqda.
Klark Yangi Zelandiyada 1999 yildan 2008 yilgaça boş vazir bölgan. Uning ta'kidlaşiça, u boş kotib uçun barça malakalarga ega va erkak nomzodlar bilan bir qatorda qaralişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, taşkilot yaratilgandan boşlab 70 yildan beri uni faqatgina erkaklar boşqarib kelgan, şuning uçun 50 dan köproq davlat tarixda birinçi bor bu lavozimga ayol nomzod qöyilişini qöllab-quvvatlamoqda. Hozirda boş kotib lavozimiga qöyilgan nomzodlar orasida 4 nafar ayol bor.
Avvalroq Bolgariya bu lavozimga öz nomzodi sifatida YuNeSKO boşliği Irina Bokovani qöygani ma'lum qilingandi.
Mart oxirida Rossiya taşqi işlar vazirligida BMTning yangi boş kotibi Şarqiy Yevropa vakili bölişi kerakligi aytilgandi.






