Belgiya terma jamoasi futbolçilari 2016 yilgi Yevropa çempionatida ğolib böliş evaziga oladigan mukofot pullari miqdori ma'lum qilindi. Mahalliy naşrlarda yozilişiça, belgiyalik futbolçilarning har biri turnirdagi ğoliblik evaziga 704 ming yevrodan mukofot oladi.
Taqqoslaş uçun, turnirdagi ğoliblik uçun Germaniya terma jamoasi futbolçilariga 300 ming yevrodan mukofot puli va'da qilingan.
Eslatib ötamiz, ayni vaqtda Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida birinçi örinda joylaşgan.
Fransiya maydonlarida ötkaziladigan çempionatda ğolib böliş imkoniyatlari yuqori baholanayotgan termalar qatorida mezbonlar va belgiyaliklardan taşqari Germaniya, Ispaniya va Angliya terma jamoalari nomi qayd etilgan.






