«Real» jamoasining 2 muxlisi jamoa prezidenti Florentino Peresni madridliklarning Ispaniya Kubogidan çetlatilgani voqeasi böyiça sudga bergan. Bu haqda Buyuk Britaniyadagi The Sun naşri xabar tarqatgan.

Raul Ximenes Gilem va Susana Kastano Kaba ism-şarifli bu muxlislarning da'vosini kataloniyalik huquqşunos Felipe Iskerdo röyxatdan ötkazgan.

2015 yilning dekabrida Ispaniya Kubogining 1/16 bosqiçida «Real» «Kadis»ga qarşi öyin ötkazgan, unda diskvalifikatsiyasi bor futbolçi Deniş Çerişev maydonga tuşirilgandi. Holbuki, rossiyalik futbolçi «Vilyarreal»da öynagan vaqtida kubok öyinlari doirasida 3ta sariq kartoçka olgandi va bir öyinni ötkazib yuborişi kerak edi. Şundan söng, «Kadis» şikoyat bilan murojaat qildi va şikoyat qondirilib, kadisliklar avtomatik ravişda keyingi bosqiçga ötişdi, «Real» esa turnirni tark etdi.

Manbaning yozişiça, bu muxlislar «Real»ning Ispaniya Kubogi turniridan çiqib ketişi ularga ma'naviy va moddiy zarar yetkazganini aytişgan. Ular prezidentdan qança miqdordagi mablağni undiriş niyatida ekani aniqlanmagan. Şuningdek, ular boşqalar tomonidan masxara qilinganini ta'kidlaşgan.