Myunxenning «Bavariya» jamoasi sobiq murabbiylaridan biri, özining temir qoidalari orqali maşhur bölgan mutaxassis Feliks Magat futbolçilarning çidamliligini oşiriş maqsadida tun mahali ularni oğir maşqlar qilişga majburlagani haqidagi gap-sözlarni tasdiqladi.
«Ha, şunday bölgan edi. Nima, bu Ispaniyada qörqinçli eşitiladimi? Agar sen keçasi öynasang, keyin uyga qaytiş uçun yölga bir qança vaqt sarflasang va uyga soat tungi 3 bölganida yetib borsang, undan köra bu vaqtni maşğulotlar uçun sarflaganing ma'qul. 40 daqiqaça yugurib, keyin uyga qaytilsa, heç kim ölib qolmaydi. Şundan keyin uyga qaytib, uxlasa böladi. Gap şundaki, öyindan keyin bari bir erta uyğonib bölmaydi. Ertalab soat 9ga budilnik qöymasdan, 10gaça töyib uxlasa ham böladi. Men şunday işlaşni ma'qul körardim, bu mening özimga xos iş uslubim», — deya Magatning sözlarini keltiradi AS.






