Panama rahbari Xuan Karlos Varela öz xalqiga murojaatida bayonot berişiça, Mossack Fonseca yuridik firmasining ma'lumotlari oşkor bölişi bilan boğliq mojarolar, faqat Panamaning muammosi emas.

Uning aytişiça, köplab davlatlarning moliyaviy va huquqiy tuzilmalari hanuzgaça davlat mablağlaridan fuqarolarning umumiy manfaatlaridan boşqa maqsadlarda foydalanişga imkon berar ekan, uşbu masala barça davlatlarga tegişli bölib qolaveradi.

Varelaning ta'kidlaşiça, buni «Panama hujjatlari» deb ataş notöğri. Çunki, «jiddiy va mas'uliyatli hukumatlar» xalqaro majburiyatlarini OAV yordamida emas, balki diplomatlar vositasida muhokama etişadi.

Şu boisdan ham, mamlakat rahbariyati uşbu masala böyiça barça manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilişga tayyor.

U, şuningdek, barça davlatlarni muammoni hal etiş uçun diplomatik yöllardan foydalanişga hamda özaro hurmat prinsiplariga qat'iy rioya qilişga çaqirgan.

Bundan avval, davlat rahbari "Panama işi" böyiça maxsus ekspertlar guruhini tuzişga va'da bergan edi.

Eslatib ötamiz, OCCRP, ICIJ va dunyoning yetakçi naşriyotlarining önlab jurnalistlaridan iborat guruh, 3 aprel kuni davlat rahbarlari, siyosatçilar, sportçi va madaniyat arboblarining ofşor bitimlariga aloqasiga oid ma'lumotlarni oşkor qilgan edi.

Uşbu röyxatdan, Rossiya prezidenti V. Putin atrofidagi kişilar, Ukraina prezidenti P. Poroşenko, Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron, Islandiya boş vaziri Sigmyundyur Gyunnleygsson, Jyeki Çan, Lionel Messi va boşqalarning ismi-şariflari örin olgan.

Aytiş joizki, «Panamageyt» jahon siyosatiga öz ta'sirini körsata boşladi. Xususan, Islandiya boş vaziri lavozimidan iste'fo bergan bölsa, Buyuk Britaniya, AQŞ, Niderlandiya, Avstriya, Germaniya, Hindiston va Ukrainada uşbu ma'lumotlar asosida tekşiruvlar boşlab yuborildi. Öz navbatida, Rossiya ma'muriyati, öz xizmatçilari va deputatlarining ofşor kompaniyalarga aloqadorligini böhton sifatida baholab, Kreml bunday axborotlarga e'tibor qaratmasligini ma'lum qilgan edi.