Byut orolidagi Şotlandiyaning örta asrlarga tegişli qasrida Oksford universiteti mutaxassislari ingliz dramaturgi Uilyam Şekspirning birinçi pesalar töplami namunasini topişdi. Bu haqda Herald Scotland naşri xabar qildi.

Şekspirning ölimidan 7 yil ötib (1623 yil) naşr qilingan töplamda 36ta pesa bölib, ularning orasida «Makbet», «Ön ikkinçi keça», «Yuliy Tsezar», «Bu sizga yoqarmikan» va «Böron» kabilar bor.

Uç tomli kitobning birinçi sahifasida Martina Druşautuaning Şekspir portreti tasvirlangan.

Hikoyalar töplamining nusxasi aprelning oxirida dramaturg ölimining 400-yilligi şarafiga keng ommaga taqdim etiladi.

Birinçi naşrning adadi 750 nusxadan ortmagan edi. 233ta kitob bugungi kungaça yetib kelgan, ulardan 79tasi Foljyerning Şekspir kutubxonasida saqlanadi.