6 aprel kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya Taşqi işlar vazirining parlamentdagi örinbosari Miki Yamadani qabul qildi.
"Miki Yamada mamlakatimizga Hukumatda, Taşqi işlar vazirligi hamda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida muzokaralar olib boriş uçun taşrif buyurdi", deb ma'lum qiladi vazirlik axborot xizmati.
TIVdagi muzokaralar çoğida Özbekiston-Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda Özbekiston va Yaponiya örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti doirasida özaro aloqalarni qamrab olgan keng kölamli ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda Yaponiya elçisi Fumihiko Kato iştirok etdi.






