Ispaniyaning bozorlar va raqobat böyiça milliy komissiyasi mamlakatning törtta yirik banklari özaro kelişgan holda narxlarni belgilab olgani böyiça tekşiruvlarni boşlab yuborgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qilgan.
Xususan, BBVA, Banco Sabadell, Banco Santander va Caixabank moliya muassasalari, tijorat ma'lumotlarini ayirboşlaş va foizlar belgilaşda ulardan foydalanganlikda ayblanmoqda.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalari bilan şuğullanuvçi Inversiones Empresariales Vapat kompaniyasi milliy komissiyaga ariza topşirgaç, monopoliyaga qarşi kuraş idorasi suriştiruv işlarini boşlab yubordi.
BBVA banki vakilining ta'kidlaşiça, barça moliya muassasalari qonun doirasida faoliyat yuritgan. Uşbu işga aloqador boşqa banklar hozirça, uşbu xabarga izoh berişdan boş tortişgan.
Bundan avval, Fransiya Markaziy banki mamlakat banklaridan ofşorlarga oid qöşimça hisobot talab qilgani haqida xabarlar paydo bölgandi.






