Daimler avtomobilsozlik konsernining bepul bufetida an'anaviy nemis sosiskalari sababli kompaniyaning ikki aksiyadori janjallaşib ketdi. Uşbu voqea aksiya egalarining har yilgi yiğilişi davomida yuz berdi.
Voqeaning ayol iştirokçisiga erkak aksiyadorning öz likopçasiga Germaniyada sevib tanovul qilinuvçi bu sosiskadan haddan taşqari köp solgani yoqmagan va ayol erkakka tanbeh bergan. Natijada ular orasida dahanaki jang çiqqan. Agarda ma'muriyat politsiyani çaqirmaganida bu janjal haqiqiy muştlaşuvga aylanib ketişi ham mumkin edi, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.
Ta'kidlanişiça, uçraşuvga kompaniyaning 5,5 ming aksiyadori kelgan va ular uçun 12,5 mingta sosikka tayyorlangan.
Daimler’ning kuzatuv kengaşi raisi Manfred Bişof bu holatga izoh berib, kompaniya aksiyadorlar yiğilişiga köproq yegulik xarid qilişi kerakligini aytgan.
"Yoki bizga köproq sosiska kerak, yoki umuman undan voz keçişimiz lozim" deb aytgan Bişof.
Yiğilişda Daimler aksiyadorlari bir aksiyaga 3,25 yevro qiymatida dividend berilişini ma'qullaşdi. Agentlikning ta'kidlaşiça, bu pulga Germaniyada uşbu sosiskaning ikkita paçkasini xarid qiliş mumkin.






