Braziliyalik sobiq futbolçi Dida «Çempionat» naşriga bergan intervyusida 2005 yilgi Yevropa çempionlar ligasi finali borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.
«2005 yilgi YeÇL finali ajoyib ötgandi. Ammo u bahs biz uçun yanada yaxşiroq tugaşi mumkin endi. 3:0 hisobida yuta turib qanday qilib «Liverpul»ga yutqazib qöyganimizni hali-hamon tuşunmayman. Biz sovringa juda yaqin kelgandik, biroq futbol hakamning final huştagiga qadar davom etadi. Bu butun umrlik saboq bölgandi.
Birinçi bölimdan keyin hisob 3:0 paytida yeçiniş xonasiga xursand holda kelgandik. Ançelotti bizdan şu tempda öynaşda davom etişimiz kerakligini tuşuntirgandi. Ammo maydonga qaytgaç, bunday katta ustunlikni uşlab qola olmagandik.
Şunga qaramasdan biz ikki yil ötib, bu mağlubiyat uçun öç olgandik. Bu safar diqqat-eʼtiborni yöqotmagandik. 2005 yildagi öyinda ham e'tiborni yöqotmagandik. Şunçaki oxirgi penaltida Şevçenkoning omadi çopmagandi», deydi braziliyalik posbon.






