Azamat Nurullayev (ism-familiyalar özgartirilgan) Mingbuloqdagi kasb-hunar kollejlaridan birida boş hisobçi bölib işlardi. Million söm pullar qölidan ötgani uçun ular aqlini oldimi yoki oradan ikki uç yil ötib “tajribasi oşdi”mi, xullas, 2014 yilning mart oyidan boşlab uning köngliga egrilik oralay boşlaydi. Bu haqda “Huquq” naşri xabar bermoqda.
2015 yilning fevral oyida 8 nafar işçi-xodimning iş haqlaridan ularning plastik kartalariga 2 mln. 108 ming söm kam tuşirib, bu pullarni kollej xodimlari O.Abdullayeva hamda G.Asqarovaning plastik kartalariga yönaltirib, öz manfaatlari yölida işlatadi.
Bundan taşqari, 2015 yil aprel oyida byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasi Mingbuloq tuman bölimiga şu oyda hisoblangan pensiya va nafaqalarga 1 mln. söm ortiqça talabnoma berib, mazkur talabnoma asosida moliyalaştirilgan mablağni yana bir xodim K.Valiyev nomidagi plastik kartaga ötkazadi-yu, amalda özi işlatib yuboradi.
2013-2014 öquv yilida kollejda tahsil olgan sobiq talaba D.Omonov nomidagi plastik kartaga asossiz ravişda 2015 yil aprel oyida 902 ming söm çin yetim nafaqa puli, 2014 yil sentabr oyida özining plastik kartasiga 510 ming söm, 2014 yil dekabr oyida 65 ming söm ortiqça pul tuşirib, bu mablağni ham “jiğildoniga uradi”.
Huquni muhofaza qiluvçi organlarning sa'y-harakati bilan uning qilmişlariga çek qöyildi. Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi.






