AQŞning Apple kompaniyasi 2008 yildan boşlab AQŞ tergov idoralariga 70 dan köproq iPhone smartfonlarini oçişga yordam bergan. Oxirgi oylarda yuz bergan yana 13 holatda kompaniya buni qilişdan boş tortgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Gazeta bunda Apple’ning Riversayd şahridagi (Kaliforniya ştati) sudga taqdim qilgan materiallariga asoslanmoqda. Bu sudda kompaniya va AQŞ adliya vazirligi örtasida tortişuv taftiş qilingan. Naşrning ma'lum qilişiça, federal idoralar birinçi marta Apple’ga smartfonni oçib beriş iltimosi bilan 2008 yilda Uotertaun şahrida bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik qilinişi böyiça işni tergov qiliş doirasida murojaat qilgan. Bu holatda kompaniya rahbariyati nafaqat mahalliy prokuraturaga yordam bergan, balki tegişli sud hukmi loyihasini tuzişga ham yordam bergan.
Tomonlarning hamkorligi 2013 yilgaça davom etgan. Biroq AQŞ maxsus xizmatlarining elektron kuzatuvi usullarini oşkor qilgan AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden sababli kompaniya bu borada öz fikrini tubdan özgartirgan. Kompaniya bu holatdan keyin "öz mahsulotlari himoyasi darajasini tezda oşirdi va AQŞ hukumati sörovlariga şubha bilan qaraydigan böldi", deb tuşuntirmoqda naşr.
Fevralda Riversayddagi sud Apple’ni Federal qidiruvlar byurosiga Kaliforniyaning San-Bernardino şahrida terakt uyuştirgan terrorçilardan biri Said Faruqga tegişli bölgan smartfonni oçib beriş majburiyatini qöygan. Kompaniya rahbari Tim Kuk FQBning talabini bajarişdan boş tortgan. Uning aytişiça, smartfondagi teraktni tergov qiliş nuqtai nazaridan muhim sanalgan ma'lumotlar hukumat vakillariga taqdim qilingan. Kuk maxsus xizmatga iPhone’larni oçişga imkon beruvçi dasturni beriş niyati yöqligini aytgan, çunki bu hukumat tomonidan foydalanuvçilar haqidagi şaxsiy ma'lumotlarning olinişi xatarini yaratişi mumkin edi.






