Nemis olimlarining xulosa qilişiça, raqib firmada işlaş "identifikatsiya mojarosi"ni yuzaga keltirişi mumkin. Bu haqda Academy of Management Journal xabar bergan.
Torsten Grosjin boşçiligidagi Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universitetining bir guruh olimlari Şimoliy Amerika xokkey ligasidagi yulduz-öyinçilarning işçanligini tahlil qilib çiqişdi: tadqiqotçilarga öyinçilarning sobiq jamoadoşlariga qarşi qanday öynayotganligi muhim bölgan.
"Tadqiqot natijalarimiz boşqa sohalarga ham taalluqli, deb hisoblaymiz: reklama agentliklari, konsalting kompaniyalari, me'morçilik byurolari, aynan şu soha vakillari bir-biri bilan uzviy hamkorlikda işlaydi va firma faoliyatiga sezilarli ta'sir ötkazadi", - deb xabar beradi Grosjin.
"Identifikatsiya" atamasi xodimning firmaga "boğlanganlik darajasi"ni bildiradi. Tadqiqotning körsatişiça, raqib kompaniyada endigina işlaşni boşlaganlar kuçli motivatsiyaga ega: ular yangi jamoada öz identifikatsiyalarini mustahkamlaşga va ta'kidlaşga harakat qiladilar. Eski iş joyiga boğliqlik asoratsiz keçişi mumkin emas. Yangi jamoaga işga kelgan xodimlar eski jamoadoşlaridan uzoqlaşişlari oson keçmaydi.
Mazkur tadqiqot iş beruvçilarga yuqori malakali xodimlarni jalb qilişda yangi salmoqli strategiyalarni işlab çiqişga yordam beradi.






