Bugungi kunda odamlar uzoqroq yaşaydilar, lekin yoş ötgan sari aqliy salohiyatning kamayib borişi bilan boğliq muammolar paydo böladi. Ba'zi tadqiqotlarga köra, aqliy zaiflik bilan kasallaniş kelasi 35 yilda uç barobar köpayadi. Bunday ayançli hodisaning oldini oliş maqsadida The Journal of Alzheimer’s Disease jurnali quyidagilarni tavsiya etadi: muntazam piyoda yuriş, velosipedda uçiş, suvda suziş, raqsga tuşiş va hattoki boğda mehnat qiliş. Bular Altsgeymer kasalligiga çaliniş ehtimolini sezilarli ravişda kamaytirişi qayd etilgan.

Maşqlar katta yoşlilarning aqliy faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi. Kaliforniya, Los-Anjyeles va boşqa institutlarning Yurak-qon tomirlar tadqiqot markazi yordamida 1989 yildan beri olib borgan tadqiqotida deyarli 6000 nafar katta yoşli erkak va ayol qatnaşgan. Ular turmuş tarzlari va jismoniy faolliklari töğrisidagi anketani töldirib borişgan va miyani skaner tasviriga tuşirişgan.

Skaner tasviri şuni körsatdiki, faol insonlarning miyasida boşqa tengdoşlaridan köra kul rang moddaning köproq ekan, bu miyaning xotira va fikrlaş uçun javob beruvçi qismlarida kuzatiladi. Neyronlardan iborat kul rang modda qança köp bölsa, miya faoliyati uçun şunça yaxşi. Faol hayot tarzi olib boruvçi kişilarda Altsgeymer kasalligiga çaliniş xavfi 50 foizga kamayadi.

Miya salomatligini saqlaş uçun imkon doirasida jismoniy jihatdan harakatçan böliş yaxşi fikr.

"Agar biz uzoq yaşaşni, şu bilan birga xotiralarimizni saqlab qolişni istasak, u holda harakatçan bölişimiz va faol turmuş tarzi olib borişimiz kerak", dedi tadqiqot rahbari doktor Raji.