45 nafar qoçqin mingan ikkinçi kema Gretsiyaning Lesbos orolini tark etib, Turkiyaga yöl oldi. Bu haqda Reuters agentligi ma'lum qildi.
Xabarga köra, kema bortidagi qoçqinlar pokistonliklardir. Juma kuni sal keçroq qoçqinlar çiqqan yana bir kema Turkiyaga qarab yöl olişi belgilangan.
4 aprel kuni grek orollaridan Turkiyaga ilk 202 muhojir yetib kelgan. Şu tariqa, Turkiya va YeIning muhojirlar hamda suriyalik qoçqinlarni almaşiş kelişuvi amalda qöllanilişni boşladi.
Şuni ta'kidlaş joizki, Gretsiyada muhojirlarning boşpana söralgan arizalarini körib çiquvçi işçi kuçi yetişmayapti.






