AQŞ harbiy dengiz kuçlari rasmiy vakilining sözlariga köra, Jyerald Ford nomli harbiy samolyotlarni taşuvçi kema tannarxi böyiça eng qimmat kema hisoblanadi. U 12,9 mlrd dollar evaziga qurilmoqda.

Amerika harbiy dengiz kuçlari xaridlar böyiça kotibi yordamçisi Şon Stekli Senatning qurolli kuçlar qömitasiga bergan hisobotida ma'lum qilişiça, kema siğimi yuz ming tonna bölib, uzunligi 330 metrni taşkil etadi.

2009 yilda qurilişi boşlangan kema şu yilning mart oyidagi holatga köra, 97 foizga yakunlangan. Steklining aytişiça, harbiy taşuvçi kema iyul oyida dengiz sinovlariga çiqariladi hamda ikki oydan söngra Newport News Shipbuilding (AQŞning Virjiniya ştatidagi kemasozlik kompaniyasi) tomonidan harbiy dengiz floti ixtiyoriga topşiriladi.

U Amerikaning 38-prezidenti şarafiga Jyerald Ford deb nomlangan.

Şon Steklining aytişiça, uşbu rusumdagi "Jon Kennedi" nomli yana bir aviataşuvçi kemasini 2020 yilda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Mart oyi holatiga köra, mazkur kema 18 foizga qurib bitkazilgan.