Orzugul Ahmadaliyeva (ism-familiyalar özgartirilgan) 2015 yilning iyun oyida Farğona viloyatidan oila a'zolariga bildirmay, yaşirin tarzda Toşkentga kelib, öziga oldindan taniş bölgan Zamira Xodjayevaning xonadoniga joylaşadi va unga homilador bölib qolganini aytadi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Ma'lum bölişiça, O.Ahmadaliyeva oila a'zolariga bildirmay, bir erkak bilan şar'iy nikohdan ötib yaşab yuradi. Uning homiladorligini bilgan erkak orani oçiq qilib ketadi. Orzugul farzandi tuğilganiga qadar uning uyida vaqtinça yaşab turişga ruxsat berişini söraydi. Zamiraning unga rahmi kelib, noiloj rozi böladi.

Avgust oyida Zamiraning xonadoniga tanişi Zuhra Malikova mehmonga keladi va O.Ahmadaliyeva bilan suhbatlaşib qoladi. Orzugul mehmonga tuğilajak farzandini yaxşi oilaga farzandlikka berişi mumkinligini aytadi.

Oktyabr oyida Z.Xodjayeva Orzugulning tölğoği boşlangani sababli uni 2-sonli Tibbiyot Akademiyasining tuğruqxonasiga olib boradi. O.Ahmadaliyeva farzandi tuğilgani zahoti özining ğarazli niyatini amalga oşirmoqçi böladi. Ya'ni, 10 ming AQŞ dollari evaziga bolasini sotib yuborişni rejalaştiradi.

Orzugul tuğurqxonadan çiqib, jinoiy rejasini amalga oşiriş maqsadida tuğilgan qiz farzandini sotib yuboriş uçun Yunusobod tumanida Zuhra Malikova bilan uçraşadi. Bemehr ona qizaloğini Zuhraga 10 ming AQŞ dollariga sotadi. U Z.Malikovaga nisbatan heç qanday da'vosi yöqligi haqda tilxat yozib berayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlanadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, O.Ahmadaliyevaga jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining hukmiga asosan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.