Vetnam sotsialistik respublikasi Milliy majlisi mamlakat prezidenti Çan Day Kuang tomonidan tasdiqlaş uçun kiritilgan nomzodlarni Oliy sud raisligi va boş xalq prokurori lavozimlariga tasdiqladi.
Sud raisligiga nomzod 58 yoşli Nguyen Xoa Binni parlamentning 95 foizi qöllab-quvvatlagan bölsa, 64 foiz deputatlar yangi boş prokurorni yoqlab ovoz berişgan. Bu lavozimga 56 yoşli Le Min Çi tayinlangan.
Vetnam parlamenti bugungi majlisida şuningdek, mamlakatning 2011-2016 yillardagi boş vazirning ikki örinbosari, 18 nafar vazirlik va turli idoralar rahbarlarini vazifasidan ozod etişi masalasini ham körib çiqadi.
Vetnamning 2016-2020 yillar uçun vazirlar mahkamasi yangi tarkibini boş vazir Nguyen Suan Fuk ertaga parlament ixtiyoriga havola etadi.
Umuman, mamlakat rahbariyatning yangi tarkibi şu yil yanvar oyida Vetnam kommunistik partiyasining XII s'yezdida tasdiqlab olingan edi.






