Dubay xalqaro aeroportidagi avtobus haydovçisi yölovçiga unutib qoldirilgan sumkasini qaytardi, uning içida hujjatlar va 15 ming dollar pul bölgan. Gulf News gazetasining xabar berişiça, transport xizmati xodimi töğri niyatli harakati uçun rahbariyat tahsiniga hamda minnatdor yölovçidan 800 dollar pul mukofotiga sazovor böldi.

Asli pokistonlik bölgan Zohid Ali avtobus salonini tartibga keltirayotganida sumkani körib qolgan. U topilmani aeroport politsiyasiga yetkazib bergan, ular esa egasini topib topşirişgan. Bu haydovçining mehnat faoliyati davomidagi uçinçi, biroq mukofot olgan birinçi holat böldi.

"Men mukofotga umid qilmagandim va dastlab undan boş tortdim, - deydi haydovçi jurnalistlarga. - Ammo xitoylik tadbirkor öz sözida turib oldi va men rozi böldim".
Insofli haydovçi hikoyasi kutilmaganda keng omma orasida maşhur bölib ketdi. Unga xususiy muassasalardan qilgan xayrli amali uçun ketma-ket sovğalar kelib tuşa boşladi.

Gulf News naşrining ma'lum qilişiça, tört yillik haydovçilik faoliyati davomida Zohid Ali yölovçilarga jami 25 ming dollar qiymatdagi pullarini qaytargan. Biroq biror marta birovning omonatiga xiyonat qilmagan va aynan mana şu jihati oddiy haydovçini Birlaşgan Arab Amirligidagi eng maşhur insonlardan biriga aylantirdi.