Isroil hukumati minglab isroilliklar odatga köra xorijiy safarlarda ötkazadigan yahudiylarning Pesax (Pasxa) bayrami arafasida öz fuqarolarini Turkiyada yangi teraktlar yuz berişi mumkinligidan ogohlantirdi.
"Vaziyatni baholaş natijalariga köra biz Turkiyada yuqori xavf darajasi borligini tasdiqlaymiz va ungi e'tiborimizni qaratamiz. Bu davlatda teraktlar xavfi mavjud. Biz bunday xavf Turkiyaning barça sayyohlik obektlarida mavjudligini ta'kidlab ötamiz", deyilmoqda Isroil hukumati bergan xabarda.
Isroilliklarga Turkiyaga bormaslik, u yerda bölganlarga esa u yerni zudlik bilan tark etiş tavsiya qilinmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik kengaşi uç hafta oldin, Anqaradagi portlaşlar va Istanbulda "yuqori terakt xavfi" darajasi e'lon qilingandan keyin ham bunday ogohlantiriş qilgan edi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Pesax (Ozodlik) bayrami yahudiylarning eng katta bayrami bölib, yahudiy taqvimi böyiça nisan oyining 14 kunidan boşlab 7 kun davomida Isroilda va 8-kun Isroildan taşqarida bayram qilinadi. Bu yili bayram 22 apreldan 30 aprelgaça davom etadi.
Manba: kp.ru






