Frantsuz kinorejisseri Lyuk Besson Rossiya harbiy dengiz kuçlarining 2000 yil avgustida halokatga uçragan "Kursk" atom suvosti kemasi haqida kinokartina yaratiş niyatida.
RF mudofaa vazirligi madaniyat boşqarmasi rahbari Anton Gubankovning "Exo Moskvy" radiosiga bergan intervyusida aytişiça, Lyuk Besson ularga murojaat qilib, filmni suratga olişda qömak berişlarini söragan.
Uning sözlariga köra, yaqin orada Rossiyaga, suratga oliş maydonlari bilan tanişiş maqsadida fransuz delegatsiyasi taşrif buyuradi. Gubankovning aytişiça, mudofaa vazirligi uşbu loyiha böyiça hamkorlik qiladi.
Eslatib ötamiz, atom suvosti kemasi Şimoliy flotning Barents dengizida ötkazgan öquv maşğulotlari vaqtida 2000 yil 12 avgustida 108 metr dengiz tubida halokatga uçragan edi. Uning içidagi 118 nafar kişining barçasi halok bölgan.
Rossiya prezidenti farmoniga köra, kema kapitaniga ölimidan söng, Rossiya qahramoni unvoni berilgan, qolgan harbiy dengizçilar "Mujyestvo" ordeni bilan mukofotlangan.






