Xitoyning Şansi viloyatida yaşaydigan egizaklar bölgan ikki juft er-xotin bir-birlarini adaştirib qöymaslik maqsadida plastik jarrohlik amaliyotidan ötadi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.
Opa-singil egizaklar Yun Fey va Yun Yan fevral oyida turmuşga çiqişdi. Qöşni qişloqda yaşovçi aka-uka egizaklar Çjao Sin va Çjao Syuan ularning umr yöldoşlariga aylanişdi. Ularning törtalasi ham turmuş örtoği aslida kim ekanligini farqlay olmagani sabab öz qiyofasini özgartirişga qaror qilgan.
Egizak ukaning aytişiça, bir kuni u sayrga çiqqanida, yonidagi ayol uning kelinoyisi bölib çiqqan. Bundan taşqari, egizaklardan iborat bu ikki yoş oilani ularning yaqin qarindoşlari va döstlari ham ajrata olmay qolişdi.
Şanxaydagi şifoxonalarning biridagi şifokorlar operatsiya ötkazişga va mijozlarning qiyofasini birozgina özgartirişga rozilik bildirgan. Şifokorlar sözlariga köra, er-xotinlarning peşona va burun qismini özgartiriş közda tutilgan.







