2014 yil oktabridan boşlab Çukotkaning sobiq gubernatori, rossiyalik milliarder Manxettenda köçmas mulk obektlarini sotib ola boşlagandi. New York Post gazetasining ma'lumotlariga köra, Abramoviç Nyu-Yorkning 75-köçasidagi uçta qöşni uyni sotib oliş uçun 78 mln dollarga yaqin pul sarflagan.

Abramoviç uşbu uçta uyni 1,5 ming kvadrat metrdan kattaroq maydon, yertölada basseyn va 10 metrlik içki hovliga ega bitta uyga birlaştirmoqçi edi. Bu rekonstruksiya işlari uçun sarf-xarajatlar 6 mln dollarni taşkil qilişi belgilangandi.

Biroq Abramoviçning arxitekturaviy orzulari şaharning Diqqatga sazovor joylarni muhofaza qiliş komssiyasi sababli puçga çiqdi. Komissiya milliarderning bu ğoyasini "çidab bölmas iste'molning yangi darajasi" deb atadi. Abramoviçning uylari joylaşgan Yuqori Ist-Sayd tumani Manxettenning tarixiy qismi hisoblanadi va bu yerda quriliş işlarini ehtiyotkorlik bilan olib boriş lozim.

Natijada Nyu-Yorkning quriliş departamenti Abramoviçning rejasini man qildi. Biroq milliarderning ğoyasini amalga oşirişga bel boğlagan arxitektura byurosi bu loyihani hali ham amalga oşiriş mumkinligiga umid boğlamoqda va bu ğoyani avvalgidek "ulkan" bölmasada, sal "kamtarroq" holda amalga oşiriş uçun ruxsat olişga yana hujjatlar topşirmoqçi.

Abramoviç Buyuk Britaniya va AQŞdagi haşamatli uylaridan taşqari, Londonning "Çelsi" futbol klubi, şaxsiy "Boing-767" samolyoti, uçta lyuks sinfidagi yaxta (ulardan birining uzunligi 162,5 metr bölib, u bu körsatkiç böyiça faqatgina Abu-Dabi amirining yaxtasidan ortda qoladi) va boşqa köplab qimmatbaho köçar va köçmas mulk obektlariga ega.