Amerikalik milliarder Donald Tramp va AQŞning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQŞ prezidentligiga nomzodlik poygasida biri respublikaçilar, ikkinçisi demokratlar orasida peşqadamlik qilmoqda. Bu haqda 8 aprel kuni Ipsos xalqaro ijtimoiy markazi Reuters agentligi bilan olib borgan umummilliy sörov natijalarida ma'lum bölgan.
Tramp uçun AQŞ fuqarolari orasida respublikaçilarni qöllab-quvvatlovçi 42,9 foiz fuqaro ovoz berişga tayyor. Ikkinçi örinda esa milliarder, Texas ştatidan senator Ted Kruz (32 foiz), uçinçi örinda esa Ogayo gubernatori Jon Keysik (20 foiz) bormoqda.
Navbatdagi muhim bosqiçlardan biri Nyu-York ştatidagi birlamçi saylovda (praymeriz) ğalaba qozonişdir. Sönggi kunlarda nomzodlik poygasidagi köplab qatnaşçilar Nyu-Yorkda faol siyosiy taşviqotlar olib borişmoqda.






