Turkiyadagi Bursa viloyati harbiy-havo litseyi öquvçilari dengizni neft doğlaridan tozalaşning yangi usulini yaratişdi. Anadolu axborot agentligining ma'lum qilişiça, öquvçilar baqlajon uni bu vazifani bozorda mavjud vositalardan köra samaraliroq bajarişini aniqlaşdi.

Öquvçilar bu tadqiqotlarini uçta universitet bilan hamkorlikda olib borişdi. Idiş-tovoqlarni yuviş uçun möljallangan gubkani eslatuvçi, maxsus öramdagi quritilgan va maydalangan baqlajonlar neft doğlari bor suvga taşlanadi. Sinovlar natijalariga köra, bunday vosita öz vaznidan 18 marta köproq neft va neft mahsulotlarini sörib olişi aniqlandi.

Nou-xau mualliflaridan biri Ahmet Demirdaşning aytişiça, "bozorda mavjud vositalarning yutiş darajasi makmimum 16 martagaçani taşkil qiladi".

"Bundan taşqari, ular bizning ixtirodan 5 barobar qimmat. Hozirda işlatiluvçi vositalar yoki maxsus absorbtsion tösiqlar, yoki granulalardagi kimyoviy reagentlardir. Ularning kamçiligi şundaki, ularni qayta işlatib bölmaydi. Yana sorbentli maxsus gubkalar ham bor", deb aytdi Demirdaş.

Demirdaş baqlajon uni evaziga bozordan raqobatçilarni siqib çiqarişga muvaffaq bölinişiga umid bildirdi.

"Hozirça bizning asosiy raqobatçimiz sorbentli gubkalar hisoblanadi. Ularni suvni yuzasiga taşlab, keyin yiğilgan neft siqib olinadi. Biroq bizning ixtiromiz bir neça marta arzon, köproq ifloslanişlarni yutadi va qayta işlatilişi mumkin", deb aytdi Demirdaş.

Mavjud ma'lumotlarga köra, an'anaviy sorbentning bir tonnasi narxi deyarli 11 ming dollarni, "baqlajon gubkalari"ning bir tonnasi narxi esa 2,5 ming dollarni taşkil qiladi. Laboratoriya tajribalari baqlajon unining suvdagi turli ifloslanişlarni bartaraf etişda istiqboli yuqoriligini körsatdi. Ixtiro mualliflari öz ixtirolari uçun milliy patent olişning birinçi bosqiçidan ötişdi.