Germaniya hukumatiga tegişli Airbus A340 rusumli "Konrad Anenauer" nomli samolyoti mamlakat taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyerning safari vaqtida Xitoyning Çanşa şahrida Yaponiyaning Hirosima şahriga uçib keta olmadi.

DPA agentligining samolyot uçuvçisiga asoslanib bergan xabariga köra, laynerda yoqilği nasosida nosozlik röy bergan. Çanşa şahrida esa bu muammoni bartaraf etiş uçun kerak bölgan ehtiyot qism topilmagan.

Şundan söng, vazir boşçiligidagi delegatsiya mehmonxonaga qaytişga majbur bölgan va Ştaynmayyer Hirosimadagi "katta yettilik" vakillari örtasidagi uçraşuvga ulgurmagan.

"Yettilik" mamlakatlari taşqi siyosiy muassasalari rahbarlari, Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyerdan taşqari, 10 aprel, yakşanba kuni Xirosimada uçraşdi.

Tomonlar terrorizmga qarşi kuraş, kemalar qatnovi xavfsizligi va yadroviy qurolsizlaniş masalalarini muhokama qiladi. Bundan taşqari, "yettilik" taşqi işlar vazirlari Yaqin Şarq va Ukrainadagi vaziyatga e'tibor qaratadi.

Qayd etiş kerakki, hukumat samolyoti bilan bundan avval ham şunga öxşaş hodisa kuzatilgandi. 2015 yilning 9 noyabrida Airbus A340 rusumli "Konrad Anenauer" nomli samolyoti Berlindan Italiyaga bort kompyuteridagi nozozlik tufayli uça olmagandi. Öşanda ham samolyotda Ştaynmayyer bölgan.

Undan oldinroq, 2015 yilning 5 oktabrida esa GFR kansleri Angela Merkel va mulozimlari şu samolyotdagi nosozlik tufayli Nyu-Dehliga Germaniya Harbiy havo kuçlariga tegişli "Kurt Şumaxer" nomli Airbus A310 rusumidagi harbiy-transport samolyotida uçişiga töğri kelgandi.