«Barselona» jamoasi boş murabbiyi Luis Enrike Ispaniya çempionatining navbatdagi turida «Real Sosedad»ga qarşi uçraşuvdan (0:1) keyin fikrlarini bildirib ötdi.
«Öyin juda yomon boşlandi. Birinçi bölimda şunçaki juda yomon öynadik. Jamoa ehtiros bilan harakat qildi va sovuqqonlikni yöqotdi. Ikkinçi taymdagi öyinimiz menga yoqdi.
Biz bu öyinda mağlubiyatga uçraganimiz adolatdan bölmadi. «Barselona» haliyam çempionat peşqadami bölib qolmoqda.
Endi bizning xato qilişga haqqimiz yöq. Keyingi 2 öyinda biz yaxşi harakat qila olmadik.
Çempionatni mavsumning oxirgi qismini yaxşi ötkazgan jamoa yutadi. «Valensiya»ga qarşi öyinda «Kamp Nou» muxlislarimiz bilan töla bölişini istayman.
Raqib judayaxşi himoyalandi. Biz yaxşi vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ba'zida omad kelmaydi.
Men jamoamiz bunday qiyin vaziyatdan qanday qilib çiqib ketişini tomoşa qilmoqçiman. Biz nima iş qilişimiz kerakligini yaxşilab öylab olişimiz kerak», – deydi Enrike.
Ayni damda kataloniyaliklar 76 oçko bilan Ispaniya çempionatida peşqadam bölib turibdi. Ikkinçi örinda borayotgan «Atletiko» hisobida 73, «Real»da esa 72 oçko mavjud.






