«Sanderlend» jamoasi boş murabbiyi, uzoq yillardan buyon APLning turli jamoalarida faoliyat yuritib kelgan Sem Ellardays «Lester»ga qarşi öyin oldidan bu jamoa körsatayotgan öyin va raqiblar murabbiyi Klaudio Raneri haqida, şuningdek, turnir jadvali yuqorisida turgan boşqa jamoalar haqidagi fikrlarini aytib ötdi.

«Lester» futbolçilari juda yuqori saviyada bölmasa va ular hali katta yutuqlarni qölga kiritmagan bölişsa, ularning ğalabaga bölgan çanqoqligi yuqori darajada böladi. Barçasi stadiondagi muhitga boğliq: muxlislar ularni sevib-ardoqlaşadi, ular öz sevimlilarini öyin boşlanişidan oldinroq qöllab-quvvatlaşga kirişadi.

Qaçonki, bu jamoada bir qança jarohat va özgarişlar yuz bersa, jamoa yanada jipslaşadi. Drinkuoter va Kantening öyinlari barçani hayratga solmoqda, Vardi va Mahrez esa gol uradi va muxlislarni xuşnud qilişda davom etadi. Jamoaning qolgan futbolçilari, xususan Morgan va Hut ikkinçi yoşligini ötkazib, öyindan-öyinga ösib borişdi. Bu haqiqatga aylangan ertakka öxşaydi.

Bu haqida yillar ötib ham gapirib yuramiz. Bu «Lester» tarixidagi eng ajoyib mavsum. Oxirgi marta Angliya futbolida bunday jamoani ötgan asrning 70-yillarida körişgan. Öşanja «Nottingem Forest» Angliyani zabt etib, Yevropa maydonlariga çiqişgandi. Yana şunga öxşaş jamoa çiqişi va şunday ajoyib işlar qilişi uçun balki yana önlab yillar ötar. Hozir bu jamoa uçun hal qiluvçi pallalar. Biz «Lester»ning taqdiri qanday keçişi haqida heç narsa ayta olmaymiz, bu köplab omillarga boğliq.

«Çelsi» özining eng yomon mavsumini ötkazdi. «Yunayted»dagi ahvol yanada yomonroq, «Siti» esa öz darajasini pasaytirib yubordi. Boşqa yillarda «Lester» kuçli törtlik uçun kuraş olib borsa va öz maqsadiga erişsa, buni mö'jiza sifatida qabul qilgan bölardik.

Hozir esa «Lester» çempion böliş uçun ham imkoniyatga ega böldi, bu imkoniyatni ularga «Arsenal» öz qöllari bilan topşirdi. Biz hamişa «Arsenal» tarkibidagi futbolçilar tufayli ularning nihoyat çempion bölişi haqida gapirib keldik. Ha, ular har mavsumni kuçli törtlikda yakunlaşgan va har safar mavsumning oxirgi qismida çempion böliş imkoniyatini boşqa jamoaga berib yuborgan. Ular bu mavsumda boşqa asosiy raqiblari öyini pasayişidan foydalanib qolişi mumkin edi, ammo ular buni uddalay olişmadi.

Aytişim mumkinki, «Arsenal»da hali heç qaçon çempionlik uçun bunday yaxşi vaziyat yuzaga kelmagandi. «Lester» esa bunday vaziyatda qanday öynaş lozimligini körsatib qöydi.

Pirson (jamoaning sobiq boş murabbiyi - tahririyat) bu jamoadan ketgani qayğuli. U özi tayyorlagan bolalar nima işlar qilişayotganini uyida televizor orqali körib ötirib, qattiq ranjiyotgani aniq. Lekin bu futbol», – deydi Ellardays.

Ayni vaqtda «Lester» 69 oçko bilan turnir jadvalida peşqadam bölib turibdi. Keyingi örinlarda «Tottenhem» (62 oçko) va «Arsenal» (59 oçko) joylaşgan.

«Lester»ning bugun ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan «Sanderlend» (18 örin) jamoasiga qarşi öynaydi.

Keyingi turlarda «Lester» uçraşuvi «Vest Hem», «Suonsi», «Mançester Yunayted», «Everton» va «Çelsi» jamoalariga qarşi öynaydi.

Klaudio Raneri «Lester»ning mavsum yakunidagi maqsadini aytdi

Jyermeyn Defo: «Men sobiq jamoam «Tottenhem»ga çempion bölişida yordam beriş uçun «Lester»ni yengişni istayman»

«Lester»ning jasorati: Raneri xotirasida mavsumning birinçi kunlaridan bugungaça