«Yulduzlar jangi: Kuçning uyğonişi» filmi MTV versiyasiga köra, yilning eng yaxşi filmi sifatida taqdirlandi. Bu haqda MTV Movie Awards taqdimotidan reportaj uyuştirgan Justjared xabar bergan.

MTV talqiniga köra, Leonardo DiKaprio «Omon qolgan» filmidagi ijrosi uçun yil aktyori, Şarliz Teron esa «Telba Maks: Ğazab yöli» filmidagi ijrosi evaziga yilning eng yaxşi aktrisasi sifatida taqdirlangan.

Telekanali talqiniga köra, yil filmi sifatida e'tirof etiliş uçun «Tafakkur: Altron erasi», «Krid: Rokki avlodi», «Dedpul», «Yura davri dunyosi» va «Oçlik köçasi» filmlari da'vogar bölgandi.

«Yulduzlar jangi» epopeyasining yettinçi filmi keltirgan daromadi böyiça (2 mlrd dollar) uçinçi örinni egallab turibdi. Kino tarixida eng daromadgir kartinalar sifatida Jyeyms Kemeronning «Avatar» (2,78 milliard dollar) va «Titanik» (2,18 milliard dollar) filmlari qolmoqda.