"Yettilik" davlatlari (G7) TIV vazirlari Yaponiyaning Xirosima şahrida uçraşuvning ikkinçi kunini boşlaşdi. Bu haqda NHK xabar bergan.

Uçraşuv yakunlariga köra, iştirokçilar yadroviy qurolga qarşi "Xirosima deklaratsiyasi" qabul qilişlari kutilmoqda.

Uçraşuvda Yaponiya taşqi işlari vaziri Fumio Kisida, AQŞ davlat kotibi Jon Kerri, Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Ştaynmayyer, Buyuk Britaniya taşqi işlari vaziri Filipp Hammond, Fransiya TIV rahbari Jan Mark Eyro, Kanada TIV rahbari Stefan Dion va Italiya vaziri Paolo Jyentiloni iştirok etişmoqda.

Uçraşuv G7 sammiti arafasida Ise Simada bölib ötdi. Sammitning ötkaziliş muddati may oyining oxiriga möljallangan.

G7 iştirokçilari Xirosimadagi xiyobonni ziyorat qilişdi. U yerda 1945 yilda Amerika atom hujumidan halok bölganlar xotirasi yodga olindi.