Özbekistonda eng yirik mahalliy "Lazzat" şirinlik fabrikasini qayta işga tuşiriş böyiça loyihani hayotga tatbiq qiliş qiliş davom etmoqda.
Hongkongning Torutem Business Limited nomlik kompaniyasi fabrika modernizatsiyasi uçun 5 million dollardan kam bölmagan mablağ sarflaş niyatida. Bu haqda "Özbekoziqovqatxolding" vakili ma'lumotiga tayanib, Sputnik agentligi xabar bergan.
"Ötgan yil oxirida xorij sarmoyadorlari fabrikada biskvit işlab çiqarişni boşlagan. Biroq fabrikaning avvalgi quvvat körsatkiçlari bilan soliştirganda, bu xamir uçidan patir, xolos. Çunki Sobiq Ittifoq zamonida fabrika 20 turdan ortiq mahsulotlar işlab çiqarib, nafaqat Özbekiston, balki qöşni davlatlarni ham şirinlik bilan ta'minlagan. Biroq 90-yillar örtalarida fabrika qator sabablarga köra, bankrot deb e'lon qilingan", deyiladi xabarda.
"Hongkong kompaniyasi mablağini karamel işlab çiqariş böyiça bir neça texnologik liniyalar yaratişga sarflamoqçi. Uning asosiy maqsadi - Rossiya va mintaqadagi boşqa davlatlar, şuningdek, janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilişga yönaltirilgan zamonaviy kuçlanişlarni işga tuşiriş”, - aytib ötgan xolding vakili.
Uning sözlariga köra, qulay logistika, Özbekiston hukumati tomonidan taqdim etilgan imtiyozlar, katta içki bozor hamda MDH davlatlari bozorlariga oson çiqa oliş imkoniyati sarmoyadorlar e'tiborini jalb etgan.
Bu yil sarmoyadorlar işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun 3 million dollar atrofida mablağ sarflamoqçi. Loyiha 2017 yili tugallanişi rejalaştirilgan.
Fabrika töliq quvvatga kirgaç, yiliga 8 ming tonnadan ortiq turli karamellar işlab çiqaradi.







