Bugun, 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Özbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabovning ölimi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar köplab muxlislarning xavotiriga sabab bölgandi.

Kun.uz saytining aktyorga yaqin manbasidan olingan ma'lumotiga köra, bunday xabarlarning barçasi asossiz bölib, ayni vaqtda Murod Rajabov soppa-soğ holatda.

Qayd etiş kerakki, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram’dagi bir qança guruhlar şu kabi maşhur kişilar hayotiga oid yolğon va töqib çiqarilgan ma'lumotlar tarqatiş orqali öquvçi yiğişni odat qilgan. Jumladan, Alişer Uzoqov, Abdurayim Abduvahobov kabi aktyorlarning ölimi haqida, şuningdek, san'at olamining yana bir qança namoyondalari haqida yolğon-yaşiq miş-mişlar tarqatildi.